Toshkentda BMT maxsus dasturining Markaziy Osiyo iqtisodiyotiga qaratilgan forumi bo'lib o'tdi

 
Joriy yilning 17-18 noyabr kunlari Toshkent shahrida BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyoti bo'yicha maxsus dasturining "Pandemiyadan keyin yashil va inklyuziv iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barqaror transport va savdo" mavzusidagi iqtisodiy forumi gibrid shaklda bo'lib o'tdi.
 
O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o'rinbosari B. Abidov va BMT YEIK Ijrochi kotibining o'rinbosari D. Marjasin hamraisi raisligida bo'lib o'tgan tadbirda - Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlarining delegatsiyalari a'zolari, BMTning Markaziy Osiyo uchun preventiv diplomatiya bo'yicha mintaqaviy markazi, Yevropa Ittifoqi, SHHT, iqtisodiy hamkorlik tashkiloti , Rossiya Federatsiyasi, boshqa mamlakatlar va tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.
 
Forumning ochilishida O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov, BMT bosh kotibining o'rinbosari va BMT YEIK Ijrochi kotibi Olga Algaerova hamda BMT bosh kotibining o'rinbosari va BMT ESKATO ijrochi kotibi Armida Salsiya Alisdjaban so'zga chiqdilar.
 
O'zbekistonning ishlab chiqarish kooperatsiyasini chuqurlashtirish, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini qabul qilish, o'zaro investitsiyalarni rag'batlantirish, qayta tiklanadigan va vodorod energetikasini rivojlantirish dasturini ilgari surish, yirik logistika infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yagona tariflar va o'zaro transport preferensiyalarini joriy etish orqali mintaqada transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish orqali hududlararo qo'shimcha qiymat zanjirlarini yaratish orqali hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.