Toshkentda dunyoning eng kuchli dzyudochilari ishtirokida chempionat o’tkaziladi

2022-yilning 6-13-oktabr kunlari Toshkent shahrida dzyudo bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Dunyoning 100 dan ziyod davlatidan sportchilar tashrif buyurishi kutilayotgan mazkur dunyo birinchiligini yuqori saviyada tashkil etish, yurtimizga keladigan mehmonlar uchun barcha qulayliklarni yaratish, ularning yaxshi taassurotlar bilan qaytishlari uchun hozirdanoq zaruriy chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasida MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov boshchiligida yilning eng muhim startiga tayyorgarlik masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, kuni kecha eʼlon qilingan “Oʻzbekistonda dzyudo sport turini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarorining har bir bandi boʻyicha ham fikr almashilib, masʼullarga tegishli topshiriqlar berildi.