Toshkentda dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turniri o’tkaziladi

3-5-mart kunlari Toshkentda o’tadigan dzyudo bo’yicha “Katta dubulg’a” turnirida ishtirok etuvchi davlatlar soni ko’payib bormoqda. Aralash jamoaviy dasturda amaldagi Olimpiada chempioni Fransiya termasi ham ishtirok etishi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Yevropaliklar bo‘lajak musobaqaga 10 nafar erkak va 5 nafar ayol sportchini ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Ular orasida Tokio-2020 bronza medali sohibi Luka Mxaidze ham bor.
Ma’lumot o’rnida qayd etib o’tamiz, turnirda ishtirok etish uchun 23 dan ortiq davlatdan talabnoma kelib tushgan. Musobaqada sportchilar chempionlik bilan birga Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun ham kurash olib boradilar.






