Toshkentda emlashdan bosh tortgani uchun mingdan ortiq fuqaro ishdan chetlashtirildi

17-yanvar kuni poytaxtda emlanmagan fuqarolarni aniqlash bo‘yicha reydlar o‘tkazildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari tomonidan 305 ta tadbirkorlik subyekti va 203 ta budjet tashkilotida bo‘lib, o‘rganishlar o‘tkazildi. Natijada, tadbirkorlik subyektlarining 359 nafar va davlat tashkilotlarining 885 nafar xodimi koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanmagani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida vaksina olmagan 1044 nafar xodim vaqtincha ishdan chetlashtirildi. Ulardan 200 tasiga jarima solingan, 1 ta obyektning ishi vaqtincha to‘xtatildi.