Toshkentda IHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

23-24-yanvar kunlari Toshkentda Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda tashkilotga O‘zbekiston raislik qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (IHT) 1985-yilda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq mamlakatlari tomonidan tuzilgan mintaqaviy davlatlararo iqtisodiy tashkilot bo‘lib, Izmir shartnomasi asosida faoliyat yuritgan Rivojlanish bo‘yicha Mintaqaviy hamkorlik tashkilotining vorisi hisoblanadi. Izmir shartnomasi 1977- yil 12 - martda uch ta'sischi davlat - Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan imzolangan.