Toshkentda inson huquqlari sohasida xalqaro tajriba va milliy amaliyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Toshkent shahrida 10-11 dekabr kunlari Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasida ta’lim: xalqaro tajriba va milliy amaliyot” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.
Forum gibrid formatda o'tkaziladi.
Xalqaro konferensiya Xalqaro inson huquqlari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun, Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz tashkil etilganining 25 yilligi, BMTning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rahnamoligi bo‘yicha deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligiga bag‘ishlanadi.
Milliy markaz matbuot xizmati xabariga ko‘ra, tadbir doirasida O‘zbekistonda Inson huquq va erkinliklarini himoya qilishga hissa qo‘shgan fuqarolar va tashkilotlar “Inson huquqlarini himoya qilgani uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.






