Toshkentda IT sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti va "Axborot texnologiyalari va axborot resurslarini rivojlantirish markazi" davlat unitar korxonasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu Memorandumning maqsadi tomonlar o'rtasida o'zaro manfaatli aloqalarni o'rnatish, birgalikdagi ilmiy-tadqiqot ishlari, konferentsiyalar, seminarlar, akademik tadqiqotlar, amaliyotlarni o'tkazish, o'quv jarayonining samaradorligini oshirish, AKT sohasida eng yaxshi xalqaro tajribani joriy etish, sifatini yaxshilash, bu sohada o'qitish, universitet bitiruvchilarini ish bilan ta'minlashdir.