Toshkentda Markaziy Osiyo xalqaro instituti ochildi

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusida o‘tkazilayotgan xalqaro konferensiya doirasida Markaziy Osiyo xalqaro institutining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi.
Qayd etilganidek, mazkur institut davlatimiz rahbari tashabbusi bilan tashkil etilib, u mintaqa davlatlari hamkorligini har tomonlama kengaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, institut qo‘shni davlatlarning tashqi siyosat konsepsiya va maqsadlarini tahliliy yondashuvlar asosida puxta o‘rganadi.






