Toshkentda «Oʼzbekiston-Ozarbayjon» Hududlararo forumiga start berildi

Ayni daqiqalarda, Oʼzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov va Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikail Djabbarov ishtirokida “Oʼzbekiston-Ozarbayjon” Hududlararo forumi bo'lib o'tmoqda.
Unda ikki mamlakat vazirlik vakilalri, hukumat delegatsiyasi va tadbirkorlar ishtirok etmoqdalar. Forum doirasida, O'zbekiston - Ozarbayjon biznes vakillari o'rtasida B2B formatdagi uchrashuvlar ham tashkil etiladi.
Eslatib o'tamiz, kecha 23-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘shma Hududlararo forumining birinchi yig‘ilishi va Ishbilarmonlar kengashining uchrashuvida ishtirok etish uchun Ozarbayjon delegatsiyasi boshchiligida mamlakatimizga kelgan iqtisodiyot vaziri, ikki tomonlama Hukumatlararo komissiya hamraisi Mikail Djabbarovni qabul qilgan edi.






