Toshkentda O'zbekiston va Pokiston vakillari o'rtasida to'qimachilik forumi bo'lib o'tdi

14-iyul kuni Wyndham Tashkent mehmonxonasida O'zbekiston va Pokiston biznes vakillari ishtirokida to'qimachilik forumi bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbirda Pokistonning "APTMA tekstil kompaniyalari assotsiatsiyasi" raisi Gohar Ejas boshchiligidagi to'qimachilik sanoatining 30 ta yirik korxonalari rahbarlari ishtirok etishdi. Shuningdek, O'zbekiston tomonidan "O'ztekstilprom" uyushmasi raisi I.Haydarov, O'zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. Ikromov ishtirok etdi.
Forum davomida mamlakatlar o'rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikka oid statistik ma'lumotlar taqdim etildi. Xususan, Pokiston Islom Respublikasiga o'zbek to'qimachilik mahsulotlarining eksport hajmi 2020 yil oxirida - 16,5 million dollarni tashkil qildi. Bu esa 2019 yilga nisbatan o'sish darajasi 164,6 foizga koʻpdir.
Forum doirasida 2,2 million dollarlik eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.






