Toshkentda O‘zbekiston – Turkmaniston iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi

Forum doirasida “Made in Uzbekistan” ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Bosh vazir o‘rinbosari - Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov O‘zbekiston -Turkmaniston iqtisodiy forumi doirasida Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda Sardor Umurzoqov ikki davlat rahbarlarining ishonchli munosabatlari tufayli O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.
Shuningdek, u Turkmanistonda avtomobillar va elektrotexnika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha bir qator loyihalar haqida ma’lumot berdi.
«O‘zbekistonda Turkmaniston bilan hamkorlikda gaz-kimyo va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari va qurilish materiallari ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda. Xom ashyo bazasi va Turkmanistonning tajribasini hisobga olgan holda, biz O‘zbekistonda sun‘iy tola, aralash matolar ishlab chiqarishni yaratishimiz mumkin», – qo‘shimcha qildi Umurzakov.
O‘z navbatida, Turkmaniston delegatsiyasi rahbari, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Esenmirat Orazgeldiyev o‘zbek tomoni bilan uchrashuv ikki mamlakatning savdo-iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini ta'kidladi. .
Forum doirasida poytaxtdagi Texnoparkda "Made in Uzbekistan" ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Unda, "Hududgazta’minot", "O‘zbekipaksanoat" hamda boshqa kompaniyalarning mahsulotlari namoyish etishdi.






