Toshkentdа ShHTga а’zo dаvlаtlаr energetikа vаzirlаrining yigʼilishi boʼlib oʼtdi

2022-yil 24-iyun kuni Toshkent shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Forumni Oʼzbekiston Respublikasi energetika vazirining birinchi oʼrinbosari Аzim Аxmedxadjayev va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Chjan Min kirish soʼzi bilan ochdi.

Shuningdek, yigʼilishda Hindiston, Qozogʼiston, Xitoy, Qirgʼiziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston energetika sohasi yetakchilari nutq soʼzladi. А.Аxmedxadjayev Oʼzbekistonda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish va iqtisodiyotdagi “yashil” oʼtishning global ahamiyati haqida maʼruza qildi.

Vazirlar yigʼilishi yakunida qabul qilingan bayonnomada ShHTga aʼzo davlatlar oʼrtasida energetika sohasida hamkorlik kontsepsiyasini amalga oshirish boʼyicha Harakatlar rejasi tasdiqlandi hamda ShHTga aʼzo davlatlar oʼrtasida qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida hamkorlik dasturi loyihasi tasdiqlandi.

Kontsepsiyani amalga oshirish rejasi ShHT doirasida energiya xavfsizligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalari va gidroenergetika, mintaqaviy elektr energiyasi bozori, inson kapitalini rivojlantirish sohasi kabi hamkorlikni oʼz ichiga oladi.

Taʼkidlash joizki, Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga aʼzo davlatlar energetika vazirlarining ikkinchi yigʼilishi 23-24-iyun kunlari boʼlib oʼtayotgan “Oʼzbekiston energetika forumi – UEF 2022”ning asosiy tadbiriga aylandi.

Forum doirasida Toshkentda “Oʼzbekiston neft va gazi – OGU” 24-xalqaro konferensiyasi va 2-xalqaro energetika konferensiyasi boʼlib oʼtdi.