Toshkentda to'qimachilik mahsulotlari eksportini oshirish bo'yicha "davra suhbati" bo'lib o'tdi

2021-yil 20-dekabr kuni "Kor-Uz TTP" to'qimachilik texnoparki binosida O'zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlardagi favqulodda va Muxtor elchilari, "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi va "O'zcharmsanoat" uyushmasi bilan davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi 35 dan ortiq diplomatlari ishtirok etdi. Tadbir o‘zbek to‘qimachilik va yengil sanoatining xalqaro bozordagi ishtirokini kengaytirish, to‘qimachilik sanoatida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish strategiyasini ko‘rib chiqish, shuningdek, to‘qimachilik mahsulotlari eksportini oshirishga qaratilgan.
Tadbirda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Xaydarov Ilxom O‘tkurovich so‘zga chiqdi. U yig‘ilganlaga butun dunyoda, xususan, O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoatining bugungi holati haqida ma’lumot berdi. Ishtirokchilar O‘zbekiston to‘qimachilik tarmog‘ining 2021-yildagi imkoniyatlari bilan tanishdilar.






