Toshkentda Xalqaro kinofestival qayta tiklanadi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev "Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklash va o'tkazish to'g'risida" gi qarorni imzoladi, deb xabar beradi O'zbekiston kinematografiya agentligi.

Qarorga muvofiq, ushbu kinofestival har yili 28 sentyabrdan 3 oktyabrgacha “Ipak yo‘li durdonasi” nomi bilan o'tkaziladi. Kinofestival tashkilotchisi - O'zbekiston kinematografiya agentligi. Bu yil kinofestival "Tinchlik, taraqqiyot va ma’rifat" shiori ostida tashkil etiladi.

Ta'kidlash joizki, festival doirasida mashhur kinomutaxassislar va rejissyorlar ishtirokida yosh kinoijodkorlar uchun mahorat darslari, ijodiy uchrashuvlar, kinotreninglar, davra suhbatlari, hududlarda kinoko‘rgazmalar, eng yaxshi milliy va xorijiy filmlar namoyishlari o‘tkaziladi.