Toshkentda xalqaro konferentsiya boshlanadi

“Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferentsiya o'z ishini boshladi.
Konferentsiyada Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani, Pokiston Bosh vaziri Imron Xon, tashqi ishlar vazirlari va Markaziy va Janubiy Osiyo mamlakatlari va boshqa xorijiy davlatlarning vakillari ishtirok etmoqda.
Eslatib o'tamiz, forumning asosiy maqsadi Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari o'rtasidagi tarixiy yaqin va do'stona aloqalarni, har ikki mintaqaning barcha xalqlari va mamlakatlari manfaatlari yo'lida ishonch va yaxshi qo'shnichilikni mustahkamlashdir.






