Toshkentda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi

Avval yozganimizdek, 1-iyul kuni Toshkentda "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" mavzusidagi uchrashuv bo'lib o'tadi.
Uchrashuv Yevropa tashqi faoliyat xizmati bosh kotibi o‘rinbosari Enrike Mora boshchiligida va Markaziy Osiyo mamlakatlari va Afg'oniston tashqi ishlar vazirlarining o'rinbosarlari bilan birgalikda o‘tkazildi.
Yig‘ilish chog‘ida mintaqalararo hamkorlik doirasida avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yakunlari hamda “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklida turli darajada o‘tkaziladigan tadbirlarning jadvali va kun tartibi muhokama qilindi.
Chegaralarni boshqarish, giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash sohalaridagi hamkorlik masalalari hamda mintaqaviy ekologik muammolar ko‘rib chiqildi.






