Toshkentda Yosh tabdirkorlar forumi start oldi. Turkiy kengashi davlatlari o’rtasida qator hujjatlar imzolanadi

Toshkentning Hyatt Regency mehmonxonasida Yosh tadbirkorlar forumi hamda Turkiy davlatlarning yoshlar va sport ishlari bo’yicha vazirlarining 5-yig’ilishi boshlandi.
Yosh tadbirkorlar Forumi O'zbekiston yoshlar agentligi, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg'armasi va tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda. Unda 200 nafardan ortiq xorijlik va o'zbekistonlik yosh tadbirkorlar, xalqaro ekspertlar, kengashga a'zo davlatlarning yoshlar va sport ishlari bo’yicha vazirlari ishtirok etmoqda.
Ta'kidlanishicha, forumning maqsadi yosh tadbirkorlar o'rtasida samarali tarmoqlarni kengaytirish, ularga yangi biznes imkoniyatlarini kashf qilishga sharoit yaratish.
Forumda agrobiznes, IT-startup, turizm, yengil sanoat, oziq-ovqat sanoati hamda marketing yo'nalishlari bo'yicha sessiyalar o'tkaziladi. Forum ishtirokchilari uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyati bo’ylab biznes ekskursiyalar va 100 nafarga yaqin tadbirkorlarning maxsulot ko’rgazmalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yig'ilish davomida, “Turkiy dunyo yoshlar poytaxti tashshabusi” to'g'risida Nizom loyihasi, Turkiy Kengash doirasida o'tkaziladigan yoshlar va sport sohalaridagi tadbirlar muhokama qilinishi ko'zda tutilgan.
Shuningdek, kengashga a'zo davlatlar o'rtasida yosh kadrlar almashinuvi bo’yicha memorandumni imzolash kun tartibiga qo'yilgan.






