Toshkentdagi Turin politexnika universitetining inkubatsiya markazida birinchi Demo Day bo'lib o'tdi

Turin Politexnika Universiteti IT Park bilan hamkorlikda Inkubatsiya markazida bo'lib o'tgan Demo Dayni tashkil qildi.

Demo Dayda ilgari o'z loyihalarini taqdim etgan shijoatli startap asoschilari ishtirok etishdi. Ular 4 ta: "Poly.uz" - futbol maydonchalarini bron qilish va qo'shimcha futbol uchrashuvlarini tashkil etish bo’yicha ilova, "3D Kutubxona" onlayn kutubxonasi, "Eventpad" - tadbirlarni tashkil etish va o'tkazish bo’yicha yagona platforma va "PMP platformasi" - onlayn-dori-darmon sotib olish va onlayn maslahatlarni o'tkazish uchun platforma.

Tadbirda IT-parkning xalqaro masalalar bo'yicha o'rinbosari, universitet rektori, universitet talabalari va inkubatsiya dasturi ishtirokchilari ishtirok etishdi.

Tadbir yakunida hakamlar hay'ati xulosasiga ko'ra 3 ta eng yaxshi startap loyihalari tanlandi: “3D Kutubxona”, “Poly.uz” va “Eventpad”. G'oliblar pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.