Tramp 2020-yilgi AQSh prezidentlik saylovida qonunbuzarliklarni isbotlashga va'da berdi

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020-yilgi AQSh prezidentlik saylovida qonun buzilishlari sodir bo'lganligi haqida yangi dalillar keltirishga va'da berdi.

"Saylovlar mamlakatimiz ilgari ko'rmagan darajadagi qalbakilashliklar va qonunbuzarliklar oqibatida buzilgani to'g'risida muhim dalillar mavjud. Bularning ko'pi allaqachon ma'lum va yaqin kelajakda yana ko'p dalillar paydo bo'ladi", - deyiladi Trampning bayonotida.

Shu bilan birga, Tramp ommaviy axborot vositalarini haqiqiy faktlarni yashirishda aybladi.

Eslatib o'tamiz, Jo Bayden 2020 yil noyabr oyida bo'lib o'tgan prezident saylovlarida g'alaba qozongan edi. Tramp saylov natijalariga sud orqali e’tiroz bildirish imkoniyati tugaganini ta’kidladi.