Transafg'on temir yo'l qurilishi xavfsizligi

Termiz – Mozori Sharif – Kobul – Peshovar yo‘nalishi bo‘yicha Transafg‘on temir yo‘li qurilishi xavfsizligi O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston tomonidan ta’minlanadi.
O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev “Rossiya va Qozog‘iston allaqachon ushbu loyihaga qiziqish bildirgan. Xitoy loyihaga qo‘shiladi, deb umid qilamiz”, deya qayd etgan deyiladi xabarlarda.
O‘zbekiston tomonining fikricha, loyihaning amalga oshirilishi Markaziy Osiyo, MDH va Yevropaga tovarlar yetkazib berish muddatini sezilarli darajada qisqartiradi.






