Transportdagi ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori pasaydi

2021 yilning 29-aprel kuni O'RQ-688 sonli "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirishlar va qo'shimcha kiritish to'g'risida" Qonun qabul qilingan edi.

Mamuriy javobgarlik Kodeksiga kiritilgan o'zgartirishlarga binoan, avto ulov transportidagi ayrim huquqbuzarliklarga qo'yilgan jarima miqdori o'zgardi.

Ayrim jarimalar miqdori qisqartirildi, misol tariqasida to'htash joyi yoki bekatda to'htash qoidalarini buzganlikdagi jarima avval 735 ming so'm bo'lgan bo'lsa, yangi miqdor 490 ming so'mni tashkil etadi.

O'rnatilgan qoidalarni buzgan avto ulov egalari tomonidan holatni shunday qoldirish uchun jarima 3 mln 675 ming so'm deb belgilandi.

Agar ushbu YTH natijasida jabirlanuvchi tanasiga jarohat keltirilgan bo'lsa, sezilarli ravishda moddiy zarar ko'rgan bo'lsa, ushbu qonun buzarlik holatida 7 mln 350 ming so'm miqdorida yoki 1 yil davomida avto ulovdan foydalanishga taqiq qo'yilib, uning guvohnomasi olib qo'yiladi yoki 15 sutkaga qadar ma'muriy hibsga olinadi.