Transportlar kunning «eng daromadli» paytida harakatlanishga odatlanib qoldimi?

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahri va viloyat markazlarida jamoat transportining yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari yuzasidan yigʼilish bo’lib o’tmoqd.
Transport korxonalari kunlik “tushum plani”ni bajarishga bogʼlanib qolib, kunning “eng daromadli” paytida (ertalab soat 8-10 da, kechqurun soat 17-19 da) harakatlanishga odatlangani tanqid qilindi. Qolgan vaqtda yoʼlovchilar uzoq kutish yoki taksida yurishga majbur.
Davlatimiz rahbari bu sohada muammolar toʼplanib qolgani, ularni hal etish uchun transport boshqarmalari va avtobus parklarida hozirgi ish tizimini oʼzgartirish zarurligini qayd etdi.
Аyrim viloyat markazlarida jamoat transportini rivojlantirish rejasi ishlab chiqilmagani, joylarda ayrim avtobus yoʼnalishlari ishlamayotgani, bekatlar yetishmasligi koʼrsatib oʼtildi.
Shu munosabat bilan Prezident sohada moliyalashtirish, avtobus yoʼnalishlarini tashkil etish, avtoparkni yangilash va infratuzilmani takomillashtirish boʼyicha yangi tizim joriy qilish chora-tadbirlarini belgilab berdi.






