Tumanlar alohida toifalarga ajratildi

Yangi tizimga koʼra, tumanlar alohida toifalarga ajratildi. Yigʼilishda 4 va 5-toifalarga kirgan ogʼir tumanlar hokimlari oʼz ish uslublari va yondashuvlarini oʼzgartirishi shartligi qayd etildi.

Masalan, bugun Surxondaryoning barcha tumanlariga respublikadan tajribali kadrlar hokim qilib qoʼyildi.

Shu bilan birga, ushbu tumanlarda kambagʼallikni qisqartirish ishlari ham yangicha tashkil qilinadi. Bunda:

    birinchi bosqichda “temir daftar”, “yoshlar daftari” va “ayollar daftari” yagona tizimga birlashtirilib, har bir oilaning yagona raqamli pasporti ishlab chiqiladi;
    ikkinchi bosqichda har bir oilani kambagʼallikdan chiqarish boʼyicha individual dasturlar tuziladi;
    uchinchi bosqichda oila uchun kasb-hunarga oʼqitish, tadbirkorlik loyihasi amalga oshiriladi.