Turizm vazirlari uchrashuvining yakunlari bo'yicha matbuot anjumani

Turkiy Davlatlar Tashkiloti bosh kotibi o'rinbosari Mirvokhid Azimov, Turizm vazirlarining 7-yig'ilishi yakunlari bo'yicha matbuot anjumani olib bordi.
"Avvalo shuni ma'lum qilmoqchimanki, Shamaxi Turkiy dunyoning 2023 yildagi turizm poytaxti deb saylandi. Shu nuqtai nazardan, ushbu go'zal va tarixiy shaharni targ'ib qilish uchun turli tadbirlar, konferensiyalar, festivallar va boshqa loyihalar amalga oshiriladi",- deya ta'kidladi bosh kotibi o'rinbosari Mirvokhid Azimov.
Ikkinchidan, turkiy davlatlar sayyohlik agentliklari va boshqa manfaatdor tomonlar uyushmalarini birlashtirish uchun umumiy kelishuvlarga erishildi.
Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Istanbul sammitida ilgari surgan tashabbuslari asosida yo'l haritasi qabul qilingani qayd etildi.
To'rtinchidan, A'zo va kuzatuvchi davlatlarning yirik shaharlari o'rtasida avia-qatnovlar sonini ko'paytirish maqsadida ishchi guruh yig'ilishini tashkil etilishi kelishilindi.
Beshinchidan, kelgusi davrda qish va Golf turizmi bo'yicha potentsial hamkorlikni ustida ishlashga kelishib olindi.
Va nihoyat, "Best villages of Turkic States" tashabbusi doirasida kelishuvga erishildi hamda Tabarruk Ziyorat doirasida - O'zbekiston, Qozog'iston va Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati o'rtasida uch tomonlama muzokaralari tashkil qilinishi rejalashtirildi.






