Turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi

1-noyabrgacha turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasi ochiladi, hamda yil yakuniga qadar kelgusi yil uchun yana qoʼshimcha 100 million dollar jalb qilinadi.

Har bir viloyat hokimiga ichki va chetdan turist jalb qilish boʼyicha oʼzining “turistik halqasi”ni tashkil etish boʼyicha loyihasini ishlab chiqish topshirildi. Eng yaxshi loyihalarga tanlov asosida 20 million dollargacha kredit ajratiladi.

Markaziy bankka 1 trillion soʼmlik kredit resurslarini ajratish, yil yakuniga qadar yana qoʼshimcha 100 million dollar xorijiy kredit liniyalari jalb qilish topshirigʼi berilgan boʼlsada, bu mablagʼlar hali tadbirkorlarga yetib bormagani tanqid qilindi.

Аgar 1 trillion soʼm mablagʼlar tijorat banklariga joylashtirilmasa, Markaziy bank rahbariyatiga nisbatan qatʼiy choralar koʼrilishi taʼkidlandi.

1-noyabrgacha turizm xizmatlari uchun 100 million dollarlik kredit liniyasini ochish, yil yakuniga qadar kelgusi yil uchun yana qoʼshimcha 100 million dollar jalb qilish topshirildi.

Shuningdek, mutasaddilarga:

barcha suv omborlari, oʼrmon xoʼjaligi yerlarini oʼrganib, ularda turistik zonalar tashkil etish boʼyicha dastur ishlab chiqish;

bojxona-chegara punktlaridan tezkor oʼtkazish xizmatini yoʼlga qoʼyish, turistik axborot markazlarini ishga tushirish boʼyicha taklif kiritish topshirildi.