Turizmni rivojlantirish uchun Samarqand 30 mln dollar kredit oladi

Kredit 5 yil muddatga, yillik 3% stavka bilan beriladi.

Prezidentning 2021-yil 22-sentyabrdagi PP-5249-sonli qaroriga binoan, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonlik jamg'armasiga 30 million dollar miqdorida kredit ajratdi.

Kredit 5 yilga, 2 yillik imtiyozli davr, yillik 3% beriladi.

Kreditdan maqsadli va samarali foydalanish uchun mas'ul ijroiya organi Samarqand viloyati hokimligi hisoblanadi. Kreditni to'lash va unga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar Samarqand viloyati mahalliy byudjetining qo'shimcha manbalari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

Samarqand viloyati hokimiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Fond tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning manzilli ro'yxatlarini tasdiqlash topshirildi.