Turk dunyosidagi ijtimoiy tarmoqlar va dezinformatsiyaga qarshi kurash

Ushbu mavzu ostida Turkiy kengash media-forumning uchinchi sessiyasi bo'lib o'tdi, unda muhim va global mavzularni muhokama qilish uchun dotsentlar va advokatlar so'zga chiqdilar.
Medipol universiteti fakultetining dotsenti Yusuf ASKIR "Fuqarolik jurnalistikasidan dezinformatsiyani nazorat qilish: onlayn kontent va nazorat" mavzusida ma'ruza qildi.
Istanbul universiteti fakultetining dotsenti Turgay YORLIKAYA "Ijtimoiy tarmoqlarning kontseptual xaritasi, Milliy davlatlarning manipulyatsiyasi va kurash usullari" mavzusida ma'ruza qildi.
Bundan tashqari, advokat Fotih Kafadar, Internet sohasi Qonuni va ularni Turkiyada qo'llash haqida mavzuni muhokama qildi.
Sessiya bilan bir vaqtda "Turkiy olamning kelajagi: Turk dunyosining yangi Ulug'beklari, Alisher Navoiylari, Xoja Ahmad Yasaviylari va Nizomi Ganjaviylari" shiori ostida amaliy seminarlar bo'lib o'tdi, unda ishtirokchilar hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar va Turkiy dunyo o'rtasida fan, sport, madaniyat va OAV yo'nalishlari bo'yicha tajriba almashdilar.






