Turk dunyosining ma'naviy poytaxti. Turkiston madaniy markazga aylanadi

2021 yil 28 mayda Turkiston shahrida "Turkiston: turk dunyosining ma'naviy poytaxti" xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi. Tadbir Turkiya akademiyasi va Xo'ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti tomonidan tashkil etildi.


Konferensiyada kirish so'zi bilan Turkiya akademiyasining prezidenti janob Darxan Kadirali so'zga chiqdi va u Turkistonning Qozog'iston uchun ham, butun turkiy davlatlar uchun ham tarixiy va zamonaviy ahamiyatini ta'kidlab o’tdi.


Turkiy Kengash Bosh kotibining o'rinbosari Omer Kojaman turkiy davlatlar o'rtasidagi chuqur aloqalarni yanada yuqori darajaga olib chiqish uchun Turkiy kengash tomonidan tashkil etilgan hamkorlik platformalari haqida ma'lumot berdi.


Omer Kojamanning aytishicha, kelgusi davrda Turkistonga turkiy davlatlarning yakka va qo'shma sarmoyalari boshlanadi va Qozog'iston Prezidenti, Janobi Oliylari Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan, Turkistonning turkiy davlatlar manfaati uchun katta iqtisodiy, savdo va sarmoyaviy salohiyatini kengaytiradigan "Maxsus iqtisodiy zona"ni yaratish bo’yicha Turkiy kengash o’z ishlarni boshlaydi.


Konferensiya doirasida mehmonlar, shuningdek, Turkiston shahrining tarixiy va tabiiy go'zalligi va uning ma'naviy xazinasi Xo’ja Axmad Yassaviy qabrini ziyorat qildilar.