Turk investorlari O‘zbekiston sayyohlik sohasidagi loyihalarini amalga oshirishdan manfaatdor

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakov Turkiyaning “Outdoor Factory” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Unda O‘zbekistonning turizm sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Davlat tomonidan ko‘rilayotgan qo‘llab-quvvatlash choralari tufayli turizm yo'nalishi ulkan investitsiyaviy salohiyatga ega ekanligi qayd etildi.

Uchrashuv davomida ushbu sohadagi loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi, jumladan, turk investorlari tomonidan aniq loyihaviy takliflar o'rtaga taqdim etildi. Bildirilgan g‘oya va tashabbuslar har tomonlama o‘rganilib, qo‘shimcha takliflar berildi va o‘zaro manfaatli hamkorlik mexanizmlari yuzasidan kelishib olindi.

O‘zbekiston tomoni turk tadbirkorlarining mamlakatimizda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishga intilayotganligini olqishlab, loyihalarni amalga oshirishda amaliy ko'mak berishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ko‘rib chiqilgan loyihalarni yakunlash va hayotga tatbiq etish bosqichiga o'tish maqsadida hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.