Turkiy davlatlar aro Turizmni rivojlantirish

2021-yil 23-24 iyun kunlari Qoʻqon shahrida Turkiy kengashning Turizm vazirlari xalqaro aviyareyslarni pandemiyadan keyin tiklash kabi muhim masalalarni muhokama qilishadi.

Jumladan, Turkiy davlatlar orasida “Buyuk Ipak Yoʻli” qayta tiklanadi va Oʻzbekistonnig Toshkent, Xiva, Buxoro, Samarqand yirik shaharlari “Modern Silk Road” turizm marshruti loyihasiga kiritiladi.

Hozirga qadar mazkur tadbirda Turkiy kengash Bosh kotibi B.Amreyev, Turkiya Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri Mexmet Nuri Ersoy, Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vaziri A.Raimkulova, Qirgiziston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri A.Japarov, Ozarbayjon Respublikasi Davlat turizm agentligi raisi F.Nagiyev o‘z ishtirokini tasdiqladi.

Ta’kidlab oʻtish lozimki, Kengashga a’zo davlatlarda turizm sohasining pandemiyadan keyingi tiklanishi, “Tabarruk ziyorat” loyihasi amalga oshiriladi.