Turkiy davlatlar koinotni tadqiq etishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston poytaxti Toshkentda Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Koinot agentliklari va tegishli idoralarining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) Bosh direktori Shuhrat Qodirov olib bordi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan tashkilot bosh kotibi Kubanichbek O‘muraliev koinotni o‘rganish insoniyat oldida turgan ko‘plab muammolarni hal etishda yordam berishini, koinot sohasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yorugʻ kelajak keltirishini ta’kidladi.

U TDT koinot sohasidagi hamkorlikka ahamiyat berishini va ushbu uchrashuv ishtirokchi davlatlarning koinotni tadqiq qilish sohasida qoʻshma hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan saʼy-harakatlaridan dalolat ekanini qoʻshimcha qildi.

“TDTga a'zo mamlakatlar kosmik tadqiqotlar bo'yicha turli bilim va tajribaga ega, bularni birlashtirish juda muhim”, dedi Omuraliyev.

Turkiya kosmik agentligi rahbari TDTga aʼzo mamlakatlarni qoʻshma “Kubsat” loyihasini (oʻlchamlari 10×10×10 sm va massasi 1,33 kg dan koʻp boʻlmagan kosmik tadqiq qilish uchun kichik sunʼiy Yer yoʻldoshlari formati) birgalikda amalga oshirishni taklif qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu barcha tomonlar uchun ham texnik nuqtai nazardan, ham hamkorlikdagi ish nuqtai nazaridan juda muhim.