Turkiy Davlatlar Tashkiloti - AKT bo‘yicha mas’ul vazirlarining navbatdan tashqari yig‘ilishi

Bugun, 26-may kuni Baku shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) boʻyicha masʼul vazirlar va yuqori lavozim vakillarining navbatdan tashqari yig‘ilishi boʻlib oʻtdi.

Yig’ilishga, Rashad Nabiyev, Ozarbayjon Respublikasi Raqamli rivojlanish va transport vaziri boshchilik qildi, shu bilan birga TDT Bosh kotibi Bag'dod Amreyev yig’ilishga moderatorlik qildi. Shuningdek, mazkur tadbirda, TDTga a'zo va kuzatuvchi davlatlarning AKT bo'yicha mas'ul vazirlari hamda O’zbekiston tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Jamshid Egamberdiyev hamda Innovatsion rivojlanish vaziri o'rinbosari Olimjon To'ychiyev ishtirok etdi.

“TEKNOFEST” Ozarbayjon aerokosmik va texnologiya festivali bilan bir vaqtda vazirlar yigʻilishi “Take Off Baku” startap sammiti va “TEKNOFEST”ning ochilish marosimi bilan boshlandi. Yig‘ilishda ishtirok etayotgan vazirlar, yuqori darajadagi hukumat vakillari va ekspertlar TEKNOFEST VIP-turini o‘tkazdilar va tadbirning turli pavilyonlariga tashrif buyurdilar.

Kunning ikkinchi yarmida vazirlar kun tartibidagi qator masalalarni muhokama qildilar:

• Raqamli infratuzilmani rivojlantirish;

• Elektron hukumat;

• Kiberxavfsizlik;

• AKT infratuzilmasini rivojlantirish qo'shma loyihalarini amalga oshirishda hamkorlik qilish;

• “Turkiy davlatlar tashkilotiga (TDT) aʼzo davlatlar oʻrtasida AKT sohasida hamkorlik toʻgʻrisidagi anglashuv memorandumi” loyihasi ishlanmasini koʻrib chiqish;

• TDTga a'zo davlatlar o'rtasida "Mobil qurilmalarni ro'yxatga olishning umumiy tizimi"ni ishlab chiqish;

“TDTning raqamli innovatsiyalar katalogi”ni tayyorlash loyihasi shular jumlasidan.

Shuningdek, uchrashuv yakunida Ozarbayjon va Turkiyaning AKT boʻyicha ekspertlari tomonidan Qoʻshma taqdimot boʻlib oʻtdi.