Turkiy Davlatlar Tashkiloti - siz bilmagan 15 ta fakt

So’nggi kunlarda Turkiy Davlatlar Tashkiloti va joriy yilning 10-11-noyabr kunlari Samarqand mezbonligida o’tkazilishi kutilayotgan Turkiy Davlatlar Tashkilotining birinchi sammiti haqida ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilmoqda.

Ammo sizda tashkilot tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida yetarlicha ma’lumot mavjudmi?

Quyida Turkiyzabon davlatlarni o’z ichiga olgan xalqaro tashkilot haqidagi qiziqarli faktlarni e’tiboringizga taqdim etamiz.

1. 1992-yil Olmaotada “Birlashgan turkiylar tili va san’ati ma’muriyati” tashkil etilgan;
2. 1998-yil Bokuda “Turkiyzabon davlatlar parlamentlik assambleyasi”ga asos solingan;
3. 2009-yil 3-oktabrda “Naxchivon kelishuvi” imzolangan;
4. 2009-yil “Turkiy kengash” xalqaro tashkiloti faoliyati yo’lga qo’yilgan;
5. Tashkilot kotibiyati bosh binosi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan;
6. 2012-yil Bishkekda tashkilotning ikkinchi sammiti o’tkazilgan;
7. 2012-yil 23-avgustda Turkiy kengashning o’z ramziy bayrog’i qabul qilingan;
8. Kengashga Xalil Akinji ilk Bosh kotib etib tayinlangan (2009-2014);
9. Ramil Hasanov ikkinchi Bosh kotib (2014-2018);
10. Bag’dod Amreyev uchunchi Bosh kotib (2018-yildan hozirgi kunga qadar)
11. 2018-yil 30-aprelda O’zbekiston Turkiy kengashiga a’zo bo’luvchi davlat sifatida e’lon qilingan;
12. 2019-yilning 12-sentabr kuni O’zbekiston rasman a’zolikka ega bo’lgan;
13. 2021-yil Qo’qon shahri Turkiy kengashining turizm poytaxti deb e’lon qilingan;
14. 2021-yil 12-noyabrda Turkiyada Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VIII sammiti o’tgan;
15. 2021-yil “Turkiy kengash” nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti” nomiga o’zgartirilgan.