Turkiy kengash Bosh kotibi Butunjahon Etnosport Federatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

Turkiy kengash Bosh kotibi Bag'dod Amriyev 2021 yil 22 mart kuni Istanbulda Butunjahon Etnosport Federatsiyasi (WEC) Prezidenti Bilol Erdo'g'on bilan uchrashdi.

WEC Prezidenti va Bosh kotib 31 mart kuni bo'lib o'tishi kutilayotgan Turkiy kengashning norasmiy sammiti va Turkiston shahrini Turk dunyosining ma'naviy poytaxti deb e'lon qilish to'g'risidagi qaror, shuningdek 2021 yil kuzda Istanbul shahrida bo'lib o'tadigan Turkiy Kengash rasmiy sammit muhokama qilindi.

Bosh kotib Amriyev WEC Prezidentiga Turkiyaning Bursa, Iznik shaharlarida o'tkazilishi rejalashtirilgan to'rtinchi Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlarini tashkillashtirishda faol ishtirok etgani uchun minnatdorchilik izhor etar ekan, yaqinda bo'lib o'tadigan ushbu tadbirning dunyo miqyosida buyuk madaniy turkiy merosni ommalashtirishga katta hissa qo'shadigan ahamiyatini ta'kidladi.

WEC Prezidenti Bilol Erdo'g'on Turkiy kengash Kotibiyati ishining aniq natijalarini qayd etib, turkiy tilda so'zlashadigan mamlakatlar o'rtasidagi birdamlikni rivojlantirish va aloqalarni chuqurlashtirishda Turkiy kengashning roli sezilarli darajada oshganligini aytib o’tdi.

U WEC Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlarini tashkil etish bo'yicha kotibiyat bilan yaqin hamkorlikda ekanini ta'kidladi va Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari ularni xalqaro maydonda yanada yaqqol namoyon etishiga ishonch bildirdi.

Uchrashuv davomida tomonlar, shuningdek, hamkorlik imkoniyatlari, mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi asosiy tadbirlar, Istanbulda bo'lib o'tadigan sammitga tayyorgarlik, shuningdek, turli tadbirlarni tashkil etish orqali yoshlar va sport sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo'yicha birgalikdagi sa'y-harakatlarini hamda loyihalarni muhokama qildilar.