Turkiy Kengash bosh kotibi Ozarbayjon rasmiylari bilan uchrashuvlar o'tkazdi

Turkiya kengashning 2021-yil 10-sentabrda Bokuda bo'lib o'tadigan iqtisodiyot vazirlarining 10-yig'ilishi va "Ozod qilingan Qorabog' mintaqasini tiklash va rivojlantirishga bag'ishlangan" turkiy biznes-forumi arafasida Bosh kotib Bag'dod Amreyev Ozarbayjon vazirliklari bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

9 sentyabr kuni Turk kengashi Bosh kotibi Bag'dod Amreyev Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov bilan uchrashib, Turkiy Kengashining kelgusi sammitiga tayyorgarlik ko'rish va tashkil etish strategiyasi doirasida Turkiy Kengashining joriy kun tartibida turgan asosiy masalalarni muhokama qildilar.

Shuningdek, Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Mikoil Jabborov bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Vazir Jabbarov Bosh kotib Amreyevni qutladi va Turkiy Kengashning iqtisodiyotning turli sohalarida hamkorlikni rivojlantirish orqali Turkiy kengashga a'zo davlatlar o'rtasida iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashdagi rolini yuksak baholadi.

So'ng, Turkiy Kengashi Bosh kotibi Bag'dod Amreyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi, Prezident ma'muriyatining tashqi siyosat bo'limi mudiri Hikmet Gadjiev bilan uchrashdi. Uchrashuvda tomonlar turkiy kengash faoliyati, turk dunyosidagi so'nggi voqealar, shuningdek, 2021 yil noyabr oyida Istanbulda bo'lib o'tadigan 8-chi Turkiy Kengash sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildilar.