Turkiy kengash Bosh kotibi Turkiya-Qirg'iziston biznes forumida ishtirok etib, Qirg'iziston Prezidenti bilan uchrashdi

2021 yil 10-iyun kuni Anqara shahrida Qirg'iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning Turkiyaga birinchi rasmiy tashrifi munosabati bilan Turkiya-Qirg'iziston biznes forumi bo'lib o'tdi. Ushbu tadbirda Turkiy kengash Bosh kotibi Bag'dod Amreyev ham ishtirok etdi.

Biznes forum Turkiya savdo palatalari va tovar birjalari ittifoqi (TOBB) binosida bo'lib o'tdi, unda Qirg'iziston hukumati a'zolari, shuningdek Qirg'izistonning taniqli ishbilarmonlari hamda Turkiya ishtirok etdi. Tadbir tashkilotchisi sifatida TOBB prezidenti Rifat Hisardjikoglu ishtirok etdi.

Prezident Sadir Japarov o'z nutqid investitsiya muhitini sezilarli darajada yaxshilash, xorijiy investitsiyalarni himoya qilish va Qirg'izistondagi xorijiy investorlarning ishini osonlashtirish bo’yicha yangi saylangan Prezident sifatida ko’rayotgan chora-tadbirlari to'g'risida gapirdi.

Biznes forum chog’ida Sadir Japarov, bosh kotib Bag’dod Amreyev va TOBB prezidenti Rifat Xisardjiklioglu 2021 yil 9 avgust oyida Issiq-ko’lda keng ko’lamli qo’shma biznes-forum o’tkazishga kelishib oldilar. Mazkur biznes forum Turkiy kengash, TOBB va TCCI (Turkiy savdo-sanoat palatasi) tomonidan tashkil qilinadi. Muzokaralar davomida bosh kotib prezidentga Turkiy kengash faoliyatining hozirgi holati to’g’risida hisobot berdi va Tashkilotning bo’lajak tadbirlari va amalga oshiriladigan ishlari to’g’risida ma’lumot berdi.