Turkiy Kengash qoshida huquq sohasiga oid yangi Ittifoq tuzildi

Joriy yilning 5-oktyabr kuni Anqarada Turkiy Kengash ishtirokida sud akademiyalarining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Turkiyaning Adliya Akademiyasi tomonidan o‘tkazilgan yig'ilishda Adliya akademiyalari va a'zo davlatlarning sud-huquq ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Tabdir avvalida Turkiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Yavuz Selim Kiran, Turkiya Adliya vaziri o‘rinbosari Hasan Yilmaz, Turkiy Kengash Bosh kotibining o‘rinbosari Mirvoxid Azimov hamda Turkiya Adliya Akademiyasi Prezidenti Muhittin O‘zdemir, Kengashga a’zo davlatlar o‘rtasida Adliya sohasida istiqbolli hamkorlik imkoniyatlari haqida nutq so‘zladi.

Uchrashuv davomida, tomonlar o‘z muassasalari faoliyati haqida ma’lumot berib, sud-huquq ta’limi sohasidagi umumiy strategiyalar va hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlash imkoniyatlarini muhokama qildilar.

A’zo davlatlar o‘rtasida hamkorlik imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Turkiy Kengash huzurida "Turkiy sud akademiyalari Ittifoqi" tuzish to‘g‘risida kelishib oldilar.