Turkiy Kengash tomonidan Mahmud Qoshg‘ariy ijodiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi

Joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari Istanbul shahrida Turkiy Kengash (Turkic Council), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Istanbul va Marmara universitetlari hamkorligida “Mahmud Qoshgʼariyning ilmiy merosi va uning uchinchi mingyillik turkologiyasi rivojlanishidagi oʼrni” mavzusida gibrid shakilda xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Unda, Ozarbayjon, Qozogʼiston, Turkiya, Oʼzbekiston, Tojikiston, Eron, Rossiya, Ukraina va АQShdan 16ta universitet va tashkilot vakillaridan iborat boʼlgan 30ta maʼruzachi va 40tadan ortiq ekspertlar ishtirok etdi.
“Devonu lugʼotit turk” kabi ajdodlarimizning asarlarini keng oʼrganish nafaqat boy tariximiz va madaniyatimizni anglash va jahonga tanitish, balki turkiy davlatlarni yanada yaqinlashtirish va turkiy dunyo xalqlarining qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʼlida muhim omil boʼlib xizmat qiladi.
Konferensiyada Mahmud Koshgʻariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari “Devonu lugʼotit turk” muhokama markazida bo‘ldi.
Ta’kidlanishicha, bunday turdagi tadbirlar turkiyzabon davlatlarning boy tarixini va madaniyatini anglash va jahonga tanitish, turkiy xalqlarining qardoshlik munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʼlida muhim omil boʼlib xizmat qiladi.






