Turkiy Kengashning Istanbuldagi shtab-kvartirasida Qozog'iston Bosh vazirining o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Turkiy kengash Bosh kotibi bilan uchrashdi
Qozog'iston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari va tashqi ishlar vaziri Muxtor Tileuberdi 2021 yil 18 mart kuni Istanbulda Turkiy kengash kotibiyatiga tashrif buyurdi. Vazir va uning xodimlari Turkiy kengash Bosh kotibi Bag'dod Amriyev va uning yordamchilari bilan uchrashdilar.
Bosh kotib Qozog'iston vaziriga samimiy tashrifi hamda Turkiy kengashni qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi, Turkiy kengash doirasida Qozog'istonning turkiy tilda so'zlashuvchilar o'rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashdagi faol roli bardavom bo’lishiga ishonch bildirdi.
Tomonlar Qozog'istonning Birinchi Prezidenti va Turkiy kengashning faxriy raisi Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan 2021 yil 31 martda Turkistonda bo'lib o'tadigan Turkiy Kengashning norasmiy sammitiga tayyorgarlikni muhokama qildilar va Tashkilotning joriy faoliyati va kelgusi semestrdagi dasturi bo’yicha suhbat o’tkazdilar. Shuningdek, sammit Turkiy davlatlari o'rtasida yaqin hamkorlik va chuqur integratsiya uchun zamin yaratishini ta'kidlab o’tdilar.
M.M.Tileuberdi Qozog'iston bundan buyon ham Turkiy kengash Kotibiyatining sa'y-harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Faxriy mehmon, shuningdek, Turkiy kengashning Maxsus daftarchasini imzoladi va Kengash shtab-kvartirasining tarixiy binosi tashkilot yutuqlarining bebaho markaziga aylanishini ta'kidladi.
M.M.Tleuberdi va B.Amriyev, turli mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan ham fikr almashdilar.