Turkiy mamlakatlar hunarmand ayollarining xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasi

O‘zbekiston va Ozarbayjon aprel oyi boshlarida Baku shahrida turkiy mamlakatlar hunarmand ayollarining xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasini o‘tkazishga hozirlik ko‘rmoqda.
Mamlakatimiz elchixonasi ko‘magida “Xunarmand” uyushmasining Namangan viloyati bo‘limi boshlig‘i va Ozarbayjon Xotin-qizlar uyushmasi ijrochi direktori o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida onlayn muzokaralar o‘tkazildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va Ozarbayjon hunarmandlari o‘rtasida yaqin hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi davlatlararo aloqalarni, jumladan, madaniy-gumanitar almashuvlarni yanada rivojlantirish dinamikasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqlaganlar.
Qayd etilishicha, muzokaralar natijasida tomonlar aprel oyi boshida Baku shahrida turkiy mamlakatlar hunarmand ayollarining xalqaro ko‘rgazma-yarmarkasiga hamkorlikda tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu tadbir dasturidan Ozarbayjon aholisini ushbu tadbir ishtirokchilarining madaniyati va anʼanalari bilan tanishtirish, shuningdek, delegatsiya aʼzolarining B2B uchrashuvlarini oʻtkazish rejalashtirilgan.






