Turkiy tilli davlatlar parlament Assambleyasining majlisida Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi

Joriy yilning 28-sentyabr kuni Turkiston shahrida Turkiy tilli davlatlar parlament Assambleyasining yubiley – 10 yalpi majlisi boʼlib oʼtdi.

Unda Qozogʼiston Respublikasi Parlamenti Majilisi raisi N.Nigmatulin, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Mejlisi raisi S.Gafarova, Qirgʼiziston Respublikasi Jogorku Keneshi raisi T.Mamitov, Turkiya Buyuk Millat Majlisi Spikeri M.Shentop, Vengriya Milliy yigʼilishi Spikerining oʼrinbosari M.Matray hamda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʼrinbosari U.Inoyatov qatnashib soʼzga chiqdi/

Tadbirda doimiy komissiyalar hujjatlari va yangi namunaviy qonunlar muhokama qilindi. Turkiy tilli davlatlar parlament Assambleyasining keyingi yalpi majlisi Qirgʼiziston Respublikasida boʼlib oʼtadigan boʼldi.

Majlisda Turkiston deklaratsiyasi qabul qilindi.