Turkiya aholisi bir yil bepul gaz bilan taʼminlanadi

Turkiya 2020-yil avgust oyida Qora dengizning hududiy suvlarida topilgan “Sakarya” konidan gaz qazib olishni boshladi. 20-aprel kuni Zonguldak shahrida kondan qazib olingan birinchi kubometr yonilg‘i qirg‘oqqa yetkazilgani munosabati bilan tadbir boʻlib oʻtdi.
Marosimda ishtirok etgan mamlakatning amaldagi yetakchsi Rajab Toyib Erdo‘g‘an har bir xonadonga bir oy davomida gaz tekin berilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, u oshxona va issiq suv iste'moli uchun zarur bo'lgan, oyiga o'rtacha 25 kub metrga teng tabiiy gaz narxi bir yil davomida hisob-kitoblardan chegiriladi.
“Agar yoz oylari kelayotganini hisobga olsak, bu ko‘plab xonadanlar gaz uchun umuman to‘lamaydi degani”, deya qoʻshimcha qilgan Prezident.
Maʼlumot uchun, Turkiyaning Qora dengiz sohilidan 175 kilometr uzoqlikda topilgan “Sakarya” gaz koni 2100 metr chuqurlikda joylashgan va 320 milliard kub metr zaxiraga ega deya baholangan.






