Turkiya asta-sekinlik bilan "lockdown" karantin holatidan chiqmoqda

Turkiyani avval e'lon qilingan karantin holatidan chiqish jarayoni, joriy yilning 17 may sanasidan boshlanadi. Bu haqida chorshanba kuni Turkiya prezidenti Tayyip Erdog'an ma'lum qildi, deya habar bermoqda Ria Novosti.

Joriy yilning 16 aprel kungi koronovirus bilan kasallanish holati pandemiya boshlangan davrdan buyon eng yuqori ko'rsatgichni, 63 082 ta holatni qayd etdi. Bundan so'ng esa, ko'rilgan choralar natijasida asta sekinlik bilan kamayib bordi va 10 may holatiga kelib, ohirgi ikki oylikdagi eng past ko'rsatgich - 13 604 tani tashkil etdi.

Bundan avvalroq, Erdog'an joriy yilning 29 - aprel kuni soat 19:00 dan 17 may soat 5:00 ga qadar mamlakatda to'liq karantin holatini e'lon qilgan edi. Ichki Ishlar Vazirligidagi aylanmadan tashqari barcha tashkilotlar va muassasalar o'z faoliyatini to'xtatdilar. Shaharlararo qatnov faqat hukumat ruhsati bilan amalga oshirilishi mumkin bo'ldi. Mehmonxonalarni avvaldan band qilish, shaharlararo cheklovlarga ta'sir qilmasdi. Biroq, chet el fuqarolari uchun komendantlik soatlari taaluqli emas edi.

«Ramazon oyining yakunida (17 maydan boshlab) pandemiya holatini nazorat ostiga olib, holatni normalashtirish sari qadam qo'yamiz. Biz ushbu ofatdan, o'tgan yil yakuniga qadar qutilishni reja qilgan edik. Biroq, pandemiyaning kelib chiqayotgan yangi to'lqinlari, nafaqat bizning mamlakatimizga, balki butun dunyoga o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Biz qaytadan cheklovlarni joriy etishga majbur edik», - deya so'zladi, Ramazon oyi yakuniga bag'ishlanga telemurojaatda Erdog'an.