«Turkiya - Eron - Turkmaniston - O‘zbekiston» yo‘nalishidagi ilk yuk tashishga mo‘ljallangan poyezd Toshkentga keldi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati Turkiya tomoni bilan hamkorlikda “Gumruh” stansiyasidan Toshkent shahriga yuklarni tashish yo‘nalishini ishlab chiqdi. Jumladan, 40 ta vagondan iborat poyezd maishiy texnika (sovutqich uskunalari)dan iborat, Turkiya, Eron, Turkmaniston bo‘ylab harakatlanib bugun 3-dekabr kuni O‘zbekistonga yetib keldi.
Umumiy uzunligi 4500 kmdan ortiq bo‘lgan ushbu yo‘nalish katta rivojlanish salohiyatiga ega bo‘lib, O‘zbekiston yuklarini xalqaro yo‘nalishlarda tashish uchun qo‘shimcha yo‘nalish hisoblanadi.
Ushbu ko‘rilayotgan barcha chora-tadbirlar mintaqadagi mavjud transport-kommunikatsiya tarmoqlari va infratuzilmasidan samarali foydalanishga, shuningdek, tashqi savdo yuklarini asosiy jahon va mintaqaviy bozorlarga tashish uchun vaqt va moliyaviy xarajatlarni sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.






