Turkiya ijara narxining oshishi bo‘yicha dunyoda yetakchilik qilmoqda

Britaniyaning ko'chmas mulk konsalting kompaniyasi “Knight Frank”ning "Global uy narxlari indeksi" hisobotida keltirilishicha, Turkiya 2022-yilda ko'chmas mulk ijarasi narxlarining ko'tarilishi bo'yicha 56 davlat orasida birinchi o'rinni egallagan.

"Turkiya 160 foizlik o’sish bilan 56 davlat orasida birinchi o’rinni egalladi. Yuqori inflatsiyadan eng ko'p zarar ko'rgan sohalardan biri bu uy-joy narxidir. O'tgan yil davomida uy-joy narxlari va ijara haqining o'sishi dunyoning boshqa mamlakatlaridagi o'sishdan oshib ketdi", - deyiladi tadqiqotda.