Turkiya inflyatsiyasi bir yildan ortiq vaqt ichida ilk marotaba pastladi

5-dekabr kuni e'lon qilingan rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, Turkiyada inflatsiya noyabr oyida bir yildan ko'proq vaqt ichida ilk marotaba pasaygan. Turkiya statistika institutining ma'lum qilishicha, yil davomidagi iste'mol narxlari oktabr oyida qayd etilgan 85,51 foizdan noyabr oyida 84,39 foizgacha pasaygan.

Oylik inflatsiya darajasi noyabrda o'tgan oydagi 3,51 foizga nisbatan 2,88 foizni tashkil etgan. Shunga qaramasdan, bu ko’rsatgich so'nggi 24 yillik maksimumga yaqinligicha qolmoqda.