Turkiya koinotga ilk sun’iy yo‘ldoshini uchiradi

Turkiyaning IMECE — ilk kuzatuv sun’iy yo‘ldoshi 11-aprel kuni koinotga uchiriladi. Bu haqda respublika Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘gʻan oʻzining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan birinchi yuqori aniqlikdagi IMECE kuzatuv sun'iy yo'ldoshimiz 11-aprel kuni orbitaga chiqariladi. Turkiya global kosmik poygaga malakali kadrlar, imkoniyatlar va o‘zi ishlab chiqqan texnologiyalar bilan hissa qo‘shishda davom etadi”, deydi Erdoʻgʻan.

Turkiyaning IMECE sun’iy yo‘ldoshini Space X Turkiya vaqti bilan soat 09:50 da uchiradi.

IMECE - Yerni kuzatish uchun moʻljallangan sun'iy yo'ldosh. U Tubitak-Uzay kosmik texnologiyalar tadqiqot instituti tomonidan ishlab chiqilgan. Sun'iy yo'ldosh 680 km balandlikda quyosh bilan sinxron orbitaga chiqariladi.

Qurilma 1 m dan kam detaldagi yuqori aniqlikdagi tasvirlarni qabul qilish va uzatish imkoniyatiga ega.

Yangi sun’iy yo‘ldosh mudofaa sektori ehtiyojlari uchun ma’lumot to‘plash, tabiiy ofatlar, iqlim jarayonlarini kuzatish vazifalarini bajaradi.