Turkiya mamlakatga kirish uchun yangi talablarni kiritdi

14 oktyabrdan boshlab, chet eldan Turkiyaga kelgan 12 yoshgacha bo'lgan aviayolovchilar PCR testini taqdim etmasdan qabul qilinadi.
Turkiyaga kiraverishda boshqa barcha yo'lovchilar kamida emalashning to'liq kursini 14 kun oldin o'tgan bo'lishi, yoki so'nggi 6 oy davomida COVID-19 dan davolanganligini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilishi so'raladi, deya Turkiya hukumati xabar bermoqda.
COVID-19dan to'liq emlash kursidan o'tmagan Turkiyaga kirayotgan yo'lovchilar 14 kunlik izolyatsiya rejimiga joylashtirilishi mumkin.






