Turkiya Prezidenti milliy aviakompaniya nomini o‘zgartirdi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on turk milliy aviakompaniyasi “Turkish Airlines” nomini “Turkiye Hava Yollari”ga o‘zgartirilishini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi boshida Anqara BMTga maktub yo‘llab, mamlakat nomini turkcha talaffuzdagi “Turkiye” sifatida rasman ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mamlakat 1923-yilda mustaqillik e’lon qilinganidan keyin o‘z nomini “Turkiya” deb atagandi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va NATO rasmiy ravishda “Turkiya” o‘rniga “Turkiye” so‘zini ishlatishni boshladi. Prezident bu nom turk madaniyati va qadriyatlarini yaxshiroq ifodalashini aytdi.






