Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on ham Samarqandda

O’zbekiston Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on ham Turkiy Davlatlar Tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyurdi.

Turkiya yetakchisini Samarqand xalqaro aeroportida O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Qayd etish joizki Turkiy Davlatlar Tashkilotiga (o’sha vaqtdagi nomi Turkiy Kengash) Turkiyalik Xalil Akinji ilk Bosh kotib etib tayinlangan, u o’z faoliyatini 2009-2014-yillar davomida olib brogan.

2021-yil 12-noyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahri yaqinidagi Demokratiya va erkinlik orolida bo’lib o’tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining VIII sammitida Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo'g'on “Turkiy kengash” nomi “Turkiy davlatlar tashkiloti” nomiga o’zgartirilishini e’lon qilgan.

Qayd etish joizki, so’nggi yillarda O’zbekston va Turkiya o’rtasida savdo va investitsiya sohalarida aloqalar jadal rivojlanmoqda. Jumladan, keyingi yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash 2,5 barobarga o‘sib, 3,6 milliard dollardan oshdi. Qo‘shma korxonalar soni 5 barobar ko‘payib, 2 mingdan ortdi. Investitsiyaviy hamkorlik ko‘rsatkichlari 70 barobarga o‘sdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida tomonlar sheriklikni, shu jumladan savdo va iqtisodiyot, investitsiyalar, transport, to‘qimachilik, energetika, qishloq xo‘jaligi, madaniy-gumanitar almashinuv kabi sohalarda yanada kengaytirishning ustuvor yo‘nalishlariga e’tibor qaratmoqdalar.